Talabalar, magistrlar, pedagoglar, ota-onalar va boshqa tibbiy ta’limdan manffatdor shaxslar diqqatiga.
O‘zbekiston Respublikasida koronavirus infeksiyasini tarqalishini oldini olish bo’yicha Maxsus komissiya qaroriga muvofiq Toshkent pediatriya tibbiyot institutida ta’lim jarayoni masofaviy o‘qitish, ya’ni onlayn ta’limga o‘tkazildi.
Masofaviy ta’lim jarayonini sifatli va samarali tashkil etish uchun institut Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi qoshida Call-markazi tashkil etildi. Onlayn ta’lim jarayonida paydo bo‘lgan qiyinchiliklar va muammolar paydo bo‘lgan holatlarda quyidagi raqam orqali Call-markaziga soat 9:00 dan 16:00 ga dushanbadan-shanba kuniga qadar murojaat etishingiz mumkin:
+998 (71) 260-36-62