24-25 fevral kunlari Toshkent pediatriya tibbiyot institutining davolash (amaliyot) ishlari prorektori – institut klinikasi bosh shifokori A.A.Djalilov, Xotin-qizlar Maslahat Kengashi raisi D.A.Usta-Azizova hamda klinik o‘quv bazalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i M.M.Tadjiyev hamkorligida institutning ayol professor-o‘qituvchilari va xodimlari uchun institut klinikasida bepul tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.
Mazkur tibbiy ko‘rikning asosiy maqsadi institut professor-o‘qituvchilari va xodimlarining salomatligini mustahkamlash, tibbiy madaniyatini yuksaltirish, kasalliklarni erta aniqlashdir.