2022 yil 22 fevral kuni ToshPTI Innovatsiya Markazida markaz jamoasi va IT-Park vakillari uchrashuv o’tkazdilar. Dastavval Innovatsiya Markazining loyihalari taqdim etildi. Innovatsiya Markazi tomonidan ishlab chiqilgan dasturiy ta’minotlari va markazing Tibbiyotda Su’iy Intellekt bilan bog’liq yangi g’oyalarni amalga oshirish bo’yicha va turli xil tanlovlarda, xakatonlarda va boshqa yig’ilishlarda ishtirok etish bo’yicha kelgusi rejalari bilan tanishgach, IT-Park vakilari Innovatsiya Markazining intilish va tashabbuskorligini yuqori baholadilar.

IT-Park vakillari ishlab chiqilgan loyihalarni davlat darajasida keng tatbiq etish va ularni monetizatsiya qilish bo‘yicha o‘z maslahatlari bilan o‘rtoqlashdi, shuningdek, sun’iy intellekt sohasidagi loyihalarni joriy etishda yordam berishni taklif qildi. Shu munosabat bilan ToshPTI Innovatsiyalar markazi tomonidan ishlab chiqilgan loyihalarning batafsil taqdimoti bilan tanishish bo‘yicha yig‘ilish belgilandi.