2022 yil 11-13 mart kunlari IT Park rezidenti “Astrum” IT-Akademiyasi, IT Park va xalqaro “Veon” kompaniyasi bilan birgalikda barcha uchun 45 million so‘m mukofot jamg‘armasiga ega “ASTRUMHACK 2022” xakatonini tashkil qildi.
![](https://tashpmi.uz/wp-content/uploads/2022/03/image-15-1024x576.png)
Xakaton – bu IT-mutaxassislari (dasturchilar, dizaynerlar) uchun musobaqa boʻlib, unda jamoalar muayyan biznes muammosini hal qiladigan mahsulot prototipini yaratishi kerak bo‘ladi.
![](https://tashpmi.uz/wp-content/uploads/2022/03/image-16-1024x576.png)
ToshPTI IM mutaxassislari ushbu musobaqada «COVID-19 Checker AI» g‘oyasi bilan ishtirok etdilar. Bu chatbot Mashinviy O’qitish algoritmlarini (Sun’iy Intellektni) qo’llagan xolda, 6ta simptom bo’yicha 97% aniqlik bilan COVID-19 holatini aniqlaydi.
![](https://tashpmi.uz/wp-content/uploads/2022/03/image-17-1024x576.png)
Xakaton barcha ishtirokchilarga yaxshi tajriba, yangi g’oyalar va yangi imkoniyatlar berdi.