2022 yil 5 aprel kuni ToshPTI Innovatsiya Markazida Innovatsiya Markazi loyihalarining taqdimot kuni doirasida Innovatsiya Markazi mutaxassislari va IT-Park vakillarining uchrashuvi bo’lib o’tdi.
IT-Park vakillariga ToshPTI IM mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan Appendecitis Detection, Venom Carpini, SCORE, FINDFRISC va boshqa bir nechta telegram chat-botlar taqdimoti namoyish etildi. IT-Park vakillari taqdim etilgan barcha loyihalar bilan tanishib chiqdilar, marketing borasidagi ushbu loyihalarning qadri, bozordagi ularga bo’lgan talab va ularning istiqbolidan kelib chiqqan xolda ularga baho berdilar, shuningdek ularni rivojlantirish, keng ommaga tadbiq etish va tijoratlashtirish bo’yicha tavsiyalar berdilar.
Shuningdek, uchrashuv davomida IT-Park vakillari g’oyalarni qanday rivojlantirish va ularni amalga oshirishdan avval nimalarga ko’proq e’tibor qaratish haqida umumiy tavsiyalar berdilar.
Shuni ta’kidlash joizki, loyihalarning ba’zilari IT-Park akseleratsiyasiga tavsiya etildi, bu esa Innovatsiya Markaziga tegishli ishlanmalarning saloyihatidan darak beradi.
Uchrashuv yakunida tomonlar Innovatsiya Markazining yana boshqa 12ta loyihasi namoyish etilishi kutilayotgan keyingi taqdimot kunini tashkillashtirishga kelishib olishdi.