ToshPTI Innovatsiya Markazi “NCD Risk Analyzer” – yurak-qon tomir kasalliklari va qandli diabetning rivojlanish xavfini baholash mobil ilovasini ishga tushirdi. Ilova yurak-qon tomir kasalliklari va diabet rivojlanish xavfini baholash uchun mo’ljallangan.

Ilova ushbu kasalliklarning 10 yillik rivojlanish xavfini aniqlash uchun SCORE va FINDRISC shkalalaridan foydalanadi. U sog’lom turmush tarzini shakllantirish va targ’ib qilish uchun hayotning turli jabhalarini nazorat qilish uchun ishlatilishi mumkin.

Ilova Android operatsion tizimida ishlaydi, uni quyidagi havolada Google Play platformasidan yuklab olish mumkin:

https://play.google.com/store/apps/details?id=com.tpmiic.ncd_risk_analyzer

Shuningdek ushbu mobil ilovani bizning portfoliomizdan quyidagi havola bo’yicha yuklab olish mumkin:

https://ic.tashpmi.uz