ToshPTI Innovatsiya Markazida 2022 yil 27-aprelda ToshPTI tyuterlari uchun tadbiq qilinadigan Clockster mobil ilovasida foydalanish bo`yicha o`quv seminari bo`lib o`tdi. Seminarda rektor maslahatchisi D.M.Ilhamov,  Innovatsiya markazi direktori Sh.P. Ashirbayev, mutaxassislari M.O. Qodirova, X.B. Sunnatov, B.N. Mamadullayev va barcha ToshPTI tyuterlari  qatnashdilar.

O`quv seminar davomida Clockster mobil ilovasida to`g`ri foydalanish, ro`yxatdan o`tish bo`yicha IM mutaxassislari tomonidan taqdimot namoyishi bo`lib o`tdi. Mazkur tizimni joriy etishdan ko’zlangan asosiy maqsad ToshPTI professor-o’qituvchilarining faoliyatini samaradorligini oshirishdan iborat.

Taqdimotdan so`ng barcha tyutorlar mobil ilovani qo`l telefonlariga yuklab olish va va ro`yxatdan o`tishni tushunib olishdi. Telegram messenjeridagi texnik qo`llab quvvatlash guruhiga a’zo bo’lishdi.

O`quv seminari yakunida qatnashchilarini qiziqtirgan barcha savollarga  to`liq ravishda javob berildi.