Oʻzbekiston respublikasi Prezidentining tibbiyot xodimlari bilan ochiq muloqotida belgilangan 7 ta muhim yoʻnalishdagi vazifalar ijrosini taʼminlash yuzasidan Sogʻliqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan Qashqadaryo viloyatida sogʻlomlashtirish aksiyasi eʼlon qilingan. Mazkur tadbirda respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari rahbarlari va shifokorlari, shu jumladan Samarqand davlat tibbiyot universiteti yetakchi professor-oʻqituvchilari ham qatnashmoqdalar.
Toshkent pediatriya tibbiyot institutining terapevt, kardiolog, nefrolog, lor, xirurgi, nevropatolog, pediatr, xirurg, okulist, travmatolog jami 30 ga yaqin professor-oʻqituvchilari Qashqadaryoga safarbar etilib oilaviy poliklinikalardagi laboratoriya xodimlarini toifasi, malakasini yetarliligini, laboratoriya anjomlarining yaroqliligini tekshiruvdan oʻtkazdilar, seminar treninglar tashkil etilib, kerakli yordamlar koʻrsatdilar.
Shu jumladan, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti rektori B.T.Daminov boshchiigidagi institutning bir guruh professor-oʻqituvchilari va malakali xodimlari Qashqadaryoda aholini tibbiy koʻrikdan oʻtkazib, yuqori texnologik operatsiyalarni tashkil etgan holda konsultatsiyalarni amalga oshirib kelmoqdalar.
Mutaxassislar tomonidan hozirgi vaqtgacha 1000 ga yaqin bemor tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi, kerakli tavsiyalar berildi hamda davo muolaja turlari belgilandi. Bundan tashqari jarrohlik yoʻnalishi boʻyicha 50 dan ortiq master-klasslar tashkil etildi va bemorlarda har xil turdagi mini-invaziv operatsiyalar oʻtkazildi. Bundan tashqari xatlov orqali bemorlarni koʻrikdan oʻtkazilib, tavsiyalar berilib kelinmoqda.