Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Akademik litseyiga qabul bo’yicha saralash diktanti 2022 yilning 14-15-16 iyul kunlari Toshkent pediatriya tibbiyot instituti hududida soat 9.00 dan boshlab 3 smenada bo‘lib o‘tadi.
Bunda, saralash diktanti quyidagi tartibda o‘tkaziladi:
1 smena – 09:00 da;
2 smena – 11:00 da;
3-smena – 13:00 da;
Saralash diktantida ishtirok etish uchun pasport yoki tug’ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma hamda o‘zingizning shaxsiy kabinetingizdan login va parolingiz orqali so‘rovnomangizni chop ettirib olib kelishingiz so‘raladi.
MUHIM! Saralash diktant o’tkaziladigan kuni bir vaqtni o’zida boshqa akademik litseyda kirish imtihoni mavjud bo’lgan abituriyentlar imtihondan 1 kun oldin litsey.edu.uz elektron platformasidagi shaxsiy kabinetidan o’z so‘rovnomanini chop ettirib ilova qilgan holda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Akademik litseyi Qabul komissiyasini rasmiy ravishda ogohlantirishlari lozim.
MUHIM! Imtihonga (diktantga) telefon yoki boshqa gadjetni o’zi bilan olib kirishga harakat qilgan, shuningdek imtihonga kirishda va diktant paytiga auditoriyada telefon yoki boshqa gadjet aniqlangan abituriyentlar dalolatnoma tuzilgan holda imtihondan chetlashtiriladilar.
Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Akademik litseyiga qabul bo’yicha saralash diktantini 2022 yil 14-15-16 iyul kunlari o’tkazish grafigi
GURUHLAR VA ABITURIYENTLAR KESIMIDA SARALASH DIKTANTNI TOPSHIRISH VAQTI (SOATI) TO’G’RISIDAGI MA’LUMOT: