Toshkent pediatriya tibbiyot instituti O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirining 2022 yil 18 iyuldagi 200-sonli buyrug’iga asosan 2022/2023 o’quv yilida klinik ordinaturaga qabul boshlanganligi to’g’risida e’lon qilmoqda.

2022/2023 o’quv yili uchun klinik ordinatura qabulida hujjat topshiruvchi abituriyentlarga qulaylik yaratish maqsadida ro’yhatdan o’tish jarayoni onlayn tarzda – Toshkent pediatriya tibbiyot institutining rasmiy veb-saytida quyidagi havola orqali amalga oshiriladi:
https://forms.gle/s528rd6CAeiNx8CF9

Klinik ordinaturaga qabul ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan kundan boshlab, joriy yilning 22 avgustigacha (shu kuni ham) amalga oshiriladi.

Toshkent pediatriya tibbiyot institutida 2022/2023 o’quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayoni boshlanishi munosabati bilan abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish hamda ularni qiziqtirgan savollarga tezkor javob berish maqsadida “Call-center” tashkil etildi.

Fuqarolar quyidagi telefon raqamlari orqali “Call-center” bilan bog’lanib, o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishlari mumkin.

“Call-center” telefon raqami:
+99878 1505151.

“Call-center”ning ish rejimi:
dushanbadan shanbagacha – soat 9:00 dan 18:00 gacha;
tushlik – soat 13:00 dan 14:00 gacha.

Klinik ordinaturaga kirish imtihonlari ikki bosqichda amalga oshiriladi: og’zaki imtihonlar va test sinovlari.

Klinik ordinaturaga kirish og’zaki imtihonlar va test sinovlarini o’tkazish sanasi institut rasmiy veb-sayti orqali e’lon qilinadi.

MUHIM! Maqsadli kvota bo’yicha klinik ordinaturaga hujjat topshirgan abituriyentlar umumiy kvota tanlovida qatnasha olmaydi. Shuningdek, umumiy kvota bo‘yicha klinik ordinaturaga hujjat topshirgan abituriyentlar maqsadli kvota tanlovida qatnasha olmaydi.

Toshkent pediatriya tibbiyot institutining klinik ordinaturasiga qabul qilish to’g’risida batafsil ma’lumotni «Klinik ordinatura» sahifasida olishingiz mumkin.

2022/2023 o’quv yilida Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinik ordinaturasi bo’yicha davlat buyurtmasi asosida o’qishga qabul qilish parametrlarining mutaxassisliklar bo’yicha taqsimlanishi