Toshkent pediatriya tibbiyot instituti O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirining 2022 yil 18 iyuldagi 201-sonli buyrug’iga asosan 2022/2023 o’quv yilida birlamchi maqsadli ixtisoslashrish kurslari (internatura)ga qabul boshlanganligi to’g’risida e’lon qilmoqda.

2022/2023 o’quv yili uchun birlamchi maqsadli ixtisoslashrish kurslari (internatura) qabulida hujjat topshiruvchi abituriyentlarga qulaylik yaratish maqsadida ro’yhatdan o’tish jarayoni onlayn tarzda – Toshkent pediatriya tibbiyot institutining rasmiy veb-saytida quyidagi havola orqali amalga oshiriladi:
https://forms.gle/1sKrNNDtTzB4gnGCA

Birlamchi maqsadli ixtisoslashrish kurslari (internatura)ga qabul 2022 yil 25 avgustdan 2022 yilning 10 sentabrigacha (shu kuni ham) amalga oshiriladi.

Toshkent pediatriya tibbiyot institutida 2022/2023 o’quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayoni boshlanishi munosabati bilan abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish hamda ularni qiziqtirgan savollarga tezkor javob berish maqsadida “Call-center” tashkil etildi.

Fuqarolar quyidagi telefon raqamlari orqali “Call-center” bilan bog’lanib, o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishlari mumkin.

“Call-center” telefon raqami:
+99878 150-51-51.

“Call-center”ning ish rejimi:
dushanbadan shanbagacha – soat 9:00 dan 18:00 gacha;
tushlik – soat 13:00 dan 14:00 gacha.

Birlamchi maqsadli ixtisoslashrish kurslari (internatura)ga kirish imtihonlari test shaklida o‘tkaziladi.

Birlamchi maqsadli ixtisoslashrish kurslari (internatura)ga kirish test sinovlarini o’tkazish sanasi institut rasmiy veb-sayti orqali e’lon qilinadi.

MUHIM! Birlamchi maqsadli ixtisoslashrish kurslari (internatura)ga O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi davlat tibbiyot muassasalari va hududiy sog’liqni saqlash tashkilotlari tomonidan tegishli sohalarda kadrlar tanqisligini inobatga olgan holda shakllantirilgan talabnomalarga asosan umumiy amaliyot shifokorlari qabul qilinadi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-maydagi PQ-4310-son “Tibbiyot va farmatsevtika ta’limi va ilm-fani tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori 4-bandining 3-xatboshi).

2022/2023 o’quv yilida Toshkent pediatriya tibbiyot institutining birlamchi maqsadli ixtisoslashrish kurslari (internatura) bo’yicha davlat buyurtmasi asosida o’qishga qabul qilish parametrlarining mutaxassisliklar bo’yicha taqsimlanishi