Toshkent pediatriya tibbiyot institutining klinik ordinaturasiga 2022/2023 o‘quv yili uchun qabul bo‘yicha kirish imtihonlari kunlari aniqlandi.
O‘zbekiston Respulikasi Sog‘liqni saqlash vazirlining 2022 yil 18 iyuldagi 200-sonli buyrug‘iga muvofiq klinik ordinaturaga kirish imtihonlari ikki bosqichda amalga oshiriladi: og‘zaki imtihonlar va test sinovlari.
Kirish imtihonlarining birinchi bosqichi – Toshkent pediatriya tibbiyot institutining klinik ordinaturasiga 2022/2023 o‘quv yili uchun qabul bo‘yicha og‘zaki imtihonlar 2022 yil 25 avgust (payshanba) kuni bo‘lib o‘tadi.
Kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi – Toshkent pediatriya tibbiyot institutining klinik ordinaturasiga 2022/2023 o‘quv yili uchun qabul bo‘yicha test sinovlari 2022 yil 26 avgust (juma) kuni bo‘lib o‘tadi.
Kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun abiturientlar pasport yoki ID kartaning asl nusxasi va qabul komissiyasi tomonidan abiturient ko‘rsatgan elektron pochtaga yuborilgan ruxsatnomanining nashr etilgan nusxasini o‘zlari bilan olib kelishlari kerak.
Kirish imtihonlari o‘tkaziladigan joy: Toshkent pediatriya tibbiyot institutining bosh ma’muriy-o‘quv binosi xududi.
MUHIM! Abiturientlardan sanitariya-epidemiologik qoidalarga rioya qilgan va ijtimoiy masofani saqlagan holda imtihonda qatnashishlari talab qilinadi.
MUHIM! Agar abiturientda begona narsalar va aksessuarlar (telefon, soat, kalkulyator, shpargalka va har qanday turdagi ma’lumot manbalari, pul va h.k.) topilsa, tegishli akt tuzilgan holda abiturient imtihonga qo‘yilmaydi.
MUHIM! Klinik ordinaturaga tanlovda ishtirok etish uchun abiturientlar kirish imtihonlarining ikkala bosqichida ishtirok etishlari shart. Abiturientlar kirish imtihonlari bosqichlarining birida ishtirok etmasa, abiturientlar klinik ordinaturaga qabul bo‘yicha tanlovdan chetlashtiriladi.
Mutaxassisliklar kesimida imtihon topshirish vaqtlari (soatlari) to‘g‘risidagi ma’lumot instituning rasmiy veb-saytida qo‘shimcha e’lon qilinadi.
O‘zbekiston Respulikasi Sog‘liqni saqlash vazirlining 2022 yil 18 iyuldagi 200-sonli buyrug‘ining 3-ilovasiga muvofiq quyidagi tashkilotlarning klinik ordinaturasiga kirish test sinovlari 2022 yil 26 avgust (juma) kuni Toshkent pediatriya tibbiyot institutida bo‘lib o‘tadi:
1. Respublika perinatal markazi
2. Toshkent shahar perinatal markazi
3. RShTYoIM Guliston filiali
4. Sirdaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi