Toshkent pediatriya tibbiyot institutining klinik ordinaturasi (rezidenturasi)ga 2022/2023 o‘quv yili uchun qabul bo‘yicha kirish imtihonlarining ikki bosqichi natijalari e’lon qilindi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respulikasi Sog‘liqni saqlash vazirlining 2022 yil 18 iyuldagi 200-sonli buyrug‘iga muvofiq klinik ordinaturaga kirish imtihonlari ikki bosqichda amalga oshirildi: og‘zaki imtihonlar va test sinovlari.
Kirish imtihonlarining birinchi bosqichi – Toshkent pediatriya tibbiyot institutining klinik ordinaturasiga 2022/2023 o‘quv yili uchun qabul bo‘yicha og‘zaki imtihonlar 2022 yil 25 avgust (payshanba) kuni bo‘lib o‘tdi.
Kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi – Toshkent pediatriya tibbiyot institutining klinik ordinaturasiga 2022/2023 o‘quv yili uchun qabul bo‘yicha test sinovlari 2022 yil 26 avgust (juma) kuni bo‘lib o‘tdi.
Quyida Toshkent pediatriya tibbiyot institutining klinik ordinaturasi (rezidenturasi)ga 2022/2023 o‘quv yili uchun qabul bo‘yicha kirish imtihonlarining ikki bosqichi natijalari keltirilgan. 2022/2023 o‘quv yili uchun Toshkent pediatriya tibbiyot institutining klinik ordinaturasi (rezidenturasi)ga kirish imtihonlarining yakuniy natijasi (qabul qilinganlik to‘g‘risidagi mandat) xaqidagi ma’lumotlar institutning rasmiy veb-saytida qo‘shimcha ravishda e’lon qilinadi.