Toshkent pediatriya tibbiyot institutining klinik ordinaturasi (rezidenturasi)ga hujjat topshirgan abituriyentlar diqqatiga!

Eslatib o’tamiz, O‘zbekiston Respulikasi Sog‘liqni saqlash vazirlining 2022 yil 18 iyuldagi 200-sonli buyrug‘iga muvofiq klinik ordinaturaga kirish imtihonlari ikki bosqichda amalga oshiriladi: og‘zaki imtihonlar va test sinovlari.

Kirish imtihonlarining birinchi bosqichi – Toshkent pediatriya tibbiyot institutining klinik ordinaturasiga 2022/2023 o‘quv yili uchun qabul bo‘yicha og‘zaki imtihonlar 2022 yil 25 avgust (payshanba) kuni soat 8:00 dan boshlab bo‘lib o‘tadi.

Kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi – Toshkent pediatriya tibbiyot institutining klinik ordinaturasiga 2022/2023 o‘quv yili uchun qabul bo‘yicha test sinovlari 2022 yil 26 avgust (juma) kuni soat 8:00 dan boshlab bo‘lib o‘tadi.

Kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun abiturientlar pasport yoki ID kartaning asl nusxasi va qabul komissiyasi tomonidan abituriyent ko‘rsatgan elektron pochtaga yuborilgan ruxsatnomanining nashr etilgan nusxasini o‘zlari bilan olib kelishlari kerak.

Kirish imtihonlari o‘tkaziladigan joy: Toshkent pediatriya tibbiyot institutining bosh ma’muriy-o‘quv binosi hududi.

MUHIM! Abituriyentlardan tibbiyot xodimlari uchun belgilangan shakldagi formada – tibbiy oq xalat va tibbiy oq qalpoqda kirish og‘zaki imtihoniga kelishlari talab qilinadi.

MUHIM! Abituriyentlardan sanitariya-epidemiologik qoidalarga rioya qilgan va ijtimoiy masofani saqlagan holda imtihonda qatnashishlari talab qilinadi.

MUHIM! Agar abituriyentda begona narsalar va aksessuarlar (telefon, soat, kalkulyator, shpargalka va har qanday turdagi ma’lumot manbalari, pul va h.k.) topilsa, tegishli akt tuzilgan holda abituriyent imtihonga qo‘yilmaydi.

MUHIM! Klinik ordinaturaga tanlovda ishtirok etish uchun abituriyentlar kirish imtihonlarining ikkala bosqichida ishtirok etishlari shart. Abituriyentlar kirish imtihonlari bosqichlarining birida ishtirok etmasa, abituriyentlar klinik ordinaturaga qabul bo‘yicha tanlovdan chetlashtiriladi.

O‘zbekiston Respulikasi Sog‘liqni saqlash vazirlining 2022 yil 18 iyuldagi 200-sonli buyrug‘ining 3-ilovasiga muvofiq quyidagi tashkilotlarning klinik ordinaturasiga kirish test sinovlari 2022 yil 26 avgust (juma) kuni Toshkent pediatriya tibbiyot institutida bo‘lib o‘tadi:
1. Respublika perinatal markazi
2. RShTYoIM Guliston filiali

Mutaxassisliklar va guruhlar kesimida imtihon topshirish vaqtlari (soatlari) to’g’risidagi ma’lumot quyida keltirilgan. 

2022 yil 25 avgust (payshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan
2022-2023 o‘quv yiliga Toshkent pediatriya tibbiyot institutining klinik ordinaturasi (rezidenturasi)ga qabul bo’yicha OG‘ZAKI SINOV imtihonlariga mutaxassisliklar kesimida
TAQSIMLANISHI

2022 yil 26 avgust (juma) kuni bo‘lib o‘tadigan
2022-2023 o‘quv yiliga Toshkent pediatriya tibbiyot institutining klinik ordinaturasi (rezidenturasi)ga qabul bo’yicha TEST SINOV imtihonlariga guruhlar kesimida
TAQSIMLANISHI