2022 yilning 23-25 dekabr kunari Amity Universitetida UZ NLP Challenge hakatoni bo‘lib o‘tdi. Hakaton IT-Park, Raqamli Texnologiyalar va Sun’iy Intellektni Rivojlantirish Ilmiy-Tadqqiqot Instituti va Amity Universiteti hamkorligida tashkil etildi. Hakatonning ochilish kunida soha mutaxassislari va tashkilotchilar axborot texnologiyalari va sun’iy inellekt, ularning hayotimizdagi ahamiyati, bunday hakatonlarni o‘tkazishning yurtimiz rivojiga qo‘shadigan hissasi haqida so‘zlab o‘tdilar.

Ushbu hakatonda ToshPTI Ilg‘or Texnologiyalar va Strategik Tashabbuslar Markazi mutaxassislaridan iborat bo‘lgan ICMEDAI va GEN Z jamoalari qatnashdilar. ICMEDAI jamoasi matnni tahlil qilib uning qaysi o‘zbek yozuvchisi uslubiga mosligini va qaysi nutq uslubiga tegishliligini aniqlovchi LitStyle loyihasini taqdim etdi. GEN Z jamoasi esa simptomlar ko‘rsatilgan o‘zbek tilidagi matnni tahlil qilib bu simptomlar qaysi kasallikka tegishliligini aniqlovchi Shifo AI loyihasi bilan qatnashdi.

Hakaton so‘ngida tashkilotchilar va hay’at a’zolari g‘oyalar va ularning taqdimotlari bo‘yicha o‘z fikrlari, tajriba va bilimlari bilan bo‘lishdilar, shuningdek barcha jamoalar sertifikatlar bilan taqdirlandilar.