2022 yil 1 dekabr kuni Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Axborot-resurs markazida talabalar o‘rtasida «Zakovat» intellektual o‘yinining institut bosqichi doirasida navbatdagi tur o’yini o‘tkazildi.

Kuz-qish mavsumning ikkinchi turi o’yinida institut talabalari o‘zaro belashdilar qizg‘in va murosasiz kechgan o‘yinda 22 ta jamoa qatnashib, o‘z bilmlari va aql-zakovatini ishga solib savollarga javob berdilar.

«Zakovat» intellektual o’yinning ikkinchi turi natijalariga ko’ra «Dangasalar», «Yo’lovchi», «Spontan», «Cosmos», «Intelligent» jamoalari yetakchilikni qo’lga kiritib ushbu oyinda eng yuqori ko’rsatkichlarga ega bo’ldi.

Eslatib o’tamiz, Toshkent pediatriya tibbiyot institutida har haftaning payshanba kuni «Zakovat» intellektual o’yinining kuz-qish mavsumi doirasidagi o’yinlar bo’lib o’tadi.