2021-2022 o’quv yili qabulida respublika davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakliga kirish imtihonlarida eng yuqori ball to’plagan 257 nafar talabalar O’zbekiston Respublikasi Prezidenti grantiga da’vogar bo’lganligiga qaramasdan 2022-2023 o’quv yili uchun o’tkazilgan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti granti tanlovida 29 nafar da’vogar qatnashdi va shundan 10 nafari g’olib deb topildi.
2022-2023 oquv yili uchun o’tkazilgan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti granti tanlovi goliblari orasida respublikamizning barcha tibbiyot oliygohlari orasida faqatgina Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Tibbiy-pedagogika va davolash fakultetining 2-bosqich talabasi Otaboyev Samandar «Sog’liqni saqlash» yo’nalishida g’oliblikni qo’lga kiritdi.
Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi “Respublika oliy ta’lim muassasalariga talabalikka qabul qilingan iqtidorli yoshlarni yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5172-son qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti granti joriy qilingan.
Qarorga muvofiq, 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab davlat oliy taʼlim muassasalari bakalavriatining kunduzgi taʼlim shakliga kirish imtihonlarida eng yuqori ball toʻplagan 200 nafar yoshlar uchun Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti granti joriy qilinishi belgilangan.