2022-yil 19-noyabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston vrachlar assotsiatsiyasining 30 yilligiga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi. Anjumanda respublikamizdagi tibbiyot oliy o‘quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot institutlari va respublika markazlari vakillari ishtirok etdi.
Anjuman davomida talabalar va yosh olimlar – O‘zbekiston Shifokorlar assotsiatsiyasi stipendiyalari g‘oliblari e’lon qilindi.
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Tibbiy-pedagogika va davolash fakultetining 5-bosqich talabasi Xolova Nargis mazkur stipendiya g‘olibi deb topilib, O‘zbekiston vrachlar assotsiatsiyasining stipendiati diplomi bilan taqdirlandi.