2022 yil 6 dekabr kuni Toshkent pediatriya tibbiyot instituti faollar zalida Jinoyat ishlar bo‘yicha Yunusobod tuman sudi raisi o‘rinbosari Ismailova Fotima Mamatqulovna, Sudya Yunusobod tuman Shomaxmudov Abbosxon Abzalovich, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudyalari Dadajanova D.B.Xudayberganova, Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat bo‘yicha prorektor M.A.Axmedovalar ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi”ga bag‘ishlab profilaktik davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda mutahassislar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining moddalari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Xalqimizda “kasalni davolagandan koʻra, oldini olgan maʼqul”, degan naql bor. Bu masalada hammamiz javobgarmiz. Zotan, yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldini olish uchun nafaqat ota-ona, mahalla, balki barcha tashkilot va OTM ham masʼuldir.
Turli davra suhbatlari, targ‘ibot va profilaktik tadbirlar, ma’naviy-ma’rifiy kechalar uyushtirilmoqda. Bu kabi tadbirlardan ko’zlangan asosiy maqsad talaba-yoshlarni doimiy ogohlikka da’vat etishdan iborat.