Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Talabalar turar joylaridagi sharoitlarni oʻrganish, talabalar bilan fikr almashish, ular muammolarini eshitish, vaziyatni oʻrganish maqsadida yotoqxonalarga tashrif buyurdi.
Vazir talabalar bilan suhbatlashib, ularning muammolarini o’rgandi. Ularni darsdan bo’sh vaqtlarda qanday mashg’ulot bilan band ekanliklari ko’zdan kechirilib, bu borada institut imkoniyatidan kelib chiqib, zarur tavsiyalar berildi.
Tashrif mobaynida yotoqxonalardagi isitish tizimi, u yerdagi ma’naviy-ma’rifiy muhitga asosiy eʼtibor qaratilib, talabalarning darsdan boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish boʻyicha, bu borada mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan institut rahbariyatiga tegishli ko’rsatmalar berildi.