2023-yil 6-fevraldan 11-martiga qadar Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Endokrinologiya, bolalar endokrinologiyasi kafedrasi assistenti To‘lanboyev Jahongir Rossiya Federatsiyasi, Sankt-Peterburg shahrida F.I. Inozemtsev nomli tibbiyot ta’limi Akademiyasida Ultratovush diagnostikaning dolzarb masalalari bo‘yicha bir oylik stajirovka o‘tamoqda
Stajirovka davomida endokrinolog amaliyotida eng ko‘p uchraydigan endokrinologik kasalliklarni tashxislash va davolashning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan. Ushbu tsikl dasturi ma’ruzalar, amaliy mashg’ulotlar, seminarlar, master-klasslar va yakuniy attestatsiyani o’z ichiga oladi.
Ma’lumot uchun, F.I. Inozemtsev nomidagi Tibbiyot ta’limi akademiyasi tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish bo’yicha yetakchi muassasa bo’lib, stajirovkalar, sertifikatlashtirish va qayta sertifikatlash davrlarini, treninglar, seminarlar, master-klasslar, konferentsiyalar va boshqalarni o’z ichiga oladi.