ToshPTI va Koreya Katolik Universiteti (Sent-Vinsent klinikasi) o‘rtasidagi hamkorlik memorandumiga asosan 2023-yil 11-fevral kuni Xalqaro aloqalar bo‘yicha vitse-prezident, akusherlik va ginekologiya kafedra mudiri professor Yuun Djoo Xee ishtirokida Master-Klass bo‘lib o‘tdi. Professor Yun ginekologiyada noinvaziv jarrohlik sohasida yetakchi mutaxassis hisoblanadi. ToshPTI Akusherlik va ginekologiya bo‘limi negizida shahar 6-son tug‘ruq majmuasida 2 ta ko‘rgazmali operatsiya – Single port hysterectomy va Multi-port hysterectomy amaliyoti o‘tkazildi.

    Mahorat darsida zamonaviy jarrohlik asboblaridan foydalanildi va yangi jarrohlik texnikasi namoyish etildi. Bundan tashqari, professor Yun ma’ruza qildi. Tadbirda akusher-ginekologlar, magistrlar, klinik ordinatorlar va talabalar ishtirok etdi. Respublika bo‘ylab onlayn translyatsiya o‘tkazildi. Jami 200 kishi ishtirok etdi. Mahorat darsi natijasida professor Yun O‘zbekiston akusher-ginekologlar assotsiatsiyasining faxriy a’zoligiga qabul qilindi.

O’tkazilgan Master-Klass haqida videolavhani ham tomosha qilishingiz mumkin