O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, O‘zbekiston XDP fraksiyasi rahbari U.Inoyatov tomonidan 2023-yil 14 fevral kuni tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan ta’minlash holatini o‘rganish” jadvaliga binoan, 2023-yil 16-fevral kuni  Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati  Qizilgul Ermatovna Qosimova, Sherzod Tolibovich Raxmonov va O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi xodimi Bahodir Kamolovlar ToshPTIga tashrif buyurdi. Rahbariyat tomonidan institutda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan, hududlardan kelgan talabalarni ijaraga va talabalar turar joylariga joylashtirish holati bilan yaqindan tanishtirildi.

Deputatlar talabalar bilan muloqot qilish maqsadida Anatomiya, patologik anatomiya kafedrasida bo‘ldi va dars jarayonini kuzatib, talabalar bilan suhbatlashib, kelajakda tibbiyot sohasining yetuk mutaxassislari bo‘lib yetishish uchun yaratilgan shart-sharoitlardan maqsadli foydalanib, o‘z ustida ko‘proq ishlash lozimligini qayd etdi.

Shundan so‘ng, talabalar turar joylariga borib, talabalar turar joylaridagi yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirib, TTJda yashaydigan talabalar bilan suhbatlashildi. Talabalarni darsdan bo‘sh vaqtlarini yanada mazmunli o‘tkazishga qaratilgan zarur taklif va tavsiyalarni berdi.