2023-yilning 4-6-fevral kunlari Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, fakultet va gospital bolalar jarrohligi kafedralarga Rossiya Federatsiyasida xizmat ko‘rsatgan shifokor, Irkutsk viloyati bolalar klinik shifoxonasi bosh shifokori, Rossiya Fanlar akademiyasining muxbir a’zosi, professor Yuriy Andreevich Kozlov tashrif buyurdi va yuqori texnologiyali minimal invaziv operatsiyalarni amalga oshirdi. Va shuningdek, professor Kozlov Yu.A. talabalar va magistrantlar uchun tug‘ma nuqsonlarni (anomaliyalarni) minimal invaziv yuqori texnologiyali jarrohlik yo‘li bilan davolash mavzusida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazdi.