Bugun, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Komiljon Karimov Toshkent pediatriya tibbiyot institutida bo‘lib, muassasa faoliyati, xodimlar, o‘qituvchilar va talabalarga yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.
Toshkent pediatriya tibbiyot institutiga tashrif davomida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri birinchi oʻrinbosari Komiljon Karimov institutning moddiy-texnik bazasi, yaratilgan sharoitlar va texnik imkoniyatlari bilan tanishdi va oliygoh jamoasi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” farmoniga muvofiq Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi qayta tashkil etilib, vazirlikning tashkiliy tuzilmasi va tarkibi vazirlik oldiga qoʻyilgan yangi vazifalar, oliy ta’lim sohasidagi muammolar, institutda ta’lim, ilmiy-innovatsion, xalqaro va raqamlashtirish jarayonlariga doir muhim masalalar muhokama qilindi.
Yig’ilishda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti rektori, professor Botir Daminovning institutni rivojlantirish bo’yicha uzoq muddatli strategik dastur, amalga oshirilgan ishlar hamda 2023 yil uchun institutning yillik ish rejasi yuzasidan taqdimoti eshitildi. Shuningdek, vazirning birinchi o‘rinbosari institut xodimlari bilan suhbat qilib, unda dolzarb muammolar, jumladan oliy ta’limda sifat bosqichini ko‘tarish, ma’naviy-ma’rifiy ishlar qamrovini kengaytirish, raqamlashtirish jarayonini davom ettirish, ta’lim hamda ilm-fan sohalarini takomillashtirish yuzasidan tizimning oldida turgan muhim vazifalar muhokama qilindi hamda yig‘ilganlarning fikr va mulohazalari tinglandi.