2023 yil 28 mart kuni Toshkent pediatriya tibbiyot instituti talaba-yoshlari o‘rtasida «Yangi O‘zbekistonda yangi tahrirdagi Konstitutsiya» Referendumi to‘g‘risida tushuntirish ishlarini olib borish hamda talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida institutning faollar zalida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Tadbirda professor-o‘qituvchilar, tyutorlar va 230 nafar talaba-yoshlar ishtirok etdi.