Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasi jamoasi o‘rtasida 2023 yil 25 mart kuni «Yangi O‘zbekistonda yangi taxrirdagi konstitutsiya» Referendum to‘g‘risida targ‘ibot-taqdimotlar o‘tkazildi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi. Qonun umumxalq referendumida ovozga qo‘yiladi. Referendum 30 aprel, yakshanba kuniga belgilandi. Yangi tahrirga asosan, O‘zbekiston konstitutsiyasidagi moddalar soni hozirgi 128tadan 155taga, undagi normalar esa 275tadan 434taga oshirilyapti. 128ta moddaning 91tasiga konseptual o‘zgarishlar kiritilmoqda. Umuman olganda, konstitutsiya 65 foizga o’zgartirilyapti.
Tadbir Toshkent pediatriya instituti klinikasi hovlisida boʼlib oʼtdi. Bosh shifokor – А.А.Djalilov, maʼnaviyat maʼrifat boʼyicha maʼsul – Umarov D.А soʼzga chiqib Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oid Referendum boʼyicha maʼlumotlarni berdi.