2023 yil 30 mart kuni Toshkent pediatriya tibbiyot institutining talabalar turar joyida «Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki. Konstitutsiya o‘zimizniki!» shiori ostida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor M.Axmedova, Anatomiya va patologik anatomiya kafedrasi mudiri X.Rasulov, institut Akademik litseyi direktori, professor A.Ishankulov, Umumiy xirurgiya, operativ xirurgiya va topografik anatomiya kafedrasi professori Sh.Axmedov, O’zbekiston yoshlsr ittifoqining institutdagi boshlang’ich tashkiloti vakillari hamda faol talabalar so‘zga chiqib, yangi konstitutsiyamizning mamlakatimiz hayotida tutgan o‘rin, unga kiritilayotgan yangi qo‘shimchalar va o‘zgarishlar xalqimizning, turmush tarzini yanada farovonlashishiga, inson qadrini bundanda yuksalishiga xizmat qilishini ta’kidladilar.
Shuningdek, yangilanayotgan konstitutsiyada yoshlarga, taʼlimga berilayotgan eʼtibor va ajratilgan boblar haqida alohida taʼkidlab, barchani 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumda faol ishtirok etishlariga chorladi.