2023 yilning 13-16 mart kunlari Toshent pediatriya tibbiyot instituti va Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantattsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamkorligida Xalqaro nefrologiya jamiyatining Ta’lim Elchisi dasturi (ISN Educational Ambassador Program) doirasida ilmiy-amaliy seminarlar bo’lib o’tdi.
Seminarni Preston Qirollik gospitalining (Preston, Buyuk Britaniya) nefrologiya va transplantologiya bo’yicha yetakchi mutaxassisi Dr. Aimun Ahmed olib bordi. 4 kunlik seminar davomida mutaxassis tomonidan ma’ruzalar o’qildi, nefrologiya va transplantologiyaning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Shuningdek RINvaBTIATMda kun davomida o’tkazilgan amaliy tadbirlarda nativ va transplantatsion biopsiya bo’yicha master klass hamda bemorlar kuratsiyasi va vaziyatli masalalar muhokamasi bo’lib o’tdi. Seminarda talabalar, klinik ordinatorlar, magistrlar, hududiy va qo’shni mamlakatlardan mutaxassislar ishtirok etishdi.