2023-yil 13-mart kuni Toshkent pediatriya tibbiyot instituti majlislar zalida professor, “Chegara bilmas shifokorlar” loyihasi rahbari, Horev tibbiyot markazi (Hayfa, Isroil) bosh shifokori Roman Barakning «Sun’iy intellektni tibbiyotda qo’llash imkoniyatlari» mavzusida noyob, mualliflik ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi. Mahorat darsida institut rahbariyati va professor-o‘qituvchilari, doktorant va magistrlar ishtirok etdi.

«Isroil tibbiyotidagi inqilobiy texnologiyalar. Tibbiyotda sun’iy intellekt, insoniyat umrini 100 yilgacha uzaytiradi” mavzusidagi ma’ruza professor Roman Barak tinglovchilarga Isroil tibbiyotining so‘nggi yutuqlari, tibbiyotning turli yo‘nalishlaridagi innovatsion ishlanmalar, sun’iy intellekt sohasidagi zamonaviy yutuqlar va undan foydalanish bo‘yicha fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.