2023 yil 28-29 mart kunlari Toshkent pediatriya tibbiyot institutining rahbar xodimlari va professor-o’qituvchilari tomonidan Yunusobod tumani mahallalarida Referendum bo’yicha targ’ibot ishlari olib borildi.
Rahbar xodimlar va professor-o’qituvchilari MFY raislari va faollari bilan uchrashuv suhbatlar o’tkazishdi.
MFY raislaridan mahallada yashovchi aholi soni shundan 18-30 yoshdagilar, 31 yosh va undan yuqori yoshdagilar va ovoz berishda ishtirok etadigan fuqarolar soni, xonadonlar, oilalar, ko’chalar ko’p qavatli uylar va hovli honadonlar haqidagi ma’lumotlar hamda targ’ibot tadbiri o’tkaziladigan joylar bilan tanishildi.
Suhbat davomida har bir mas’ul targ’ibot ishlarini olib borishi fuqaro sifatida kelajagimizni belgilash uchun Referendumga chiqishimiz zarurligi tushuntirildi.