Janubiy Qozoqiston davlat universiteti M.Auezov nomidagi Worldwide Professional University Rankings, Rank Pro – 2021, TOP-401-500 universitetlari qatoriga kiritilgan.

Akademik mobillik dasturi doirasida 2023-yil mart oyida tibbiyot radiologiyasi kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori (DSc) G.A.Yusupaliyeva va PhD M.Ya. Abzalova uchun xalqaro stajirovka tashkil etildi. M.Auezov nomidagi Janubiy Qozoqiston davlat universiteti va Toshkent pediatriya tibbiyot instituti o‘rtasida shartnoma imzolandi.

       Ushbu amaliyotdan ko‘zlangan maqsad o‘qituvchilar va magistrlar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish bo‘lib, bu muvaffaqiyatli ilmiy va o‘quv jarayoniga xizmat qiladi.

      Tashrif doirasida “Tibbiy radiologiya” kafedrasi xodimlari tomonidan M. Auezov nomidagi JQDU magistrantlari uchun ma’ruzalar kursi o‘tkazildi. Tibbiy radiologiyaning dolzarb masalalari bo‘yicha 5 dan ortiq ma’ruza va mashg‘ulotlar o‘tkazildi.