2023 yil 8 aprel kuni Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Talabalar turar joyida  Fakultet bolalar xirurgiyasi kafedrasi professor –o‘qituvchilari tomonidan “Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan Referendum bo‘yicha targ‘ibot bilan boshlandi, shuningdek talabalarga Konstitutsiyaga kiritilgan o’zgarishlar mazmun-mohiyati batafsil tushuntirib berildi.

    Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar o‘z mazmun-mohiyati bilan “Inson – jamiyat – davlat” degan tamoyilni konstitutsiyaviy qoida sifatida muhrlashga, xalqparvar davlat barpo etishga, inson huquq va manfaatlari himoyasini kuchaytirishga qaratilganini alohida ta’kidladilar. 

Uchrashuv so‘ngida tadbir ishtirokchilarini xalqimiz taqdiri va ertangi kunini belgilab beradigan tarixiy Qonunga befarq bo‘lmasdan, 30 aprelda bo‘lib o‘tadigan referendumda faol ishtirok etishga chaqirib qolishdi.