13 aprel 2023 Toshkent pediatriya tibbiyot institutining rahbar xodimlari va professor-o‘qituvchilari tomonidan Yunusobod tumani mahallalarida Referendum bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi. 

Rahbar xodimlar va professor-o‘qituvchilari MFY raislari va faollari bilan uchrashuv suhbatlar o‘tkazishdi. 2023 yil   30 aprelda bӯlib ӯtadigan Referendum  oldidan 2023 yil 13 aprel kuni  Toshkent Pediatriya Tibbiyot institutidan Oilaviy shifokorlik-2, klinik farmakologiya kafedrasi t.f.n. Daminov Rustam Utkurovich, Azizova Rixsi Abdumavlyanovna, Umumiy xirurgiya, topografik anatomiya va operativ xirurgii asoslari kafedrasi dotsenti Agzamova Maxmuda Nabiyevna, Oilaviy shifokorlik-2, klinik farmakologiya kafedrasi dotsenti Mamatova Nodira Muxtarovna, Otorinolaringologiya, bolalar otorinolaringologiyasi, bolalar stomatologiyasi kafedrasi dotsenti Alimova Durdona Dilmuratovnalar «Shayx Shibliy» maxallasida bo‘lib, saylov uchastkasi raisi bilan birgalikda tayyorgarlik xolati o‘rganildi. Maxalla fuqarolari bilan «Bo‘lajak Referendumga maʼsuliyat bilan yondashamiz!» mavzusida tushuntirish targ‘ibot ishlari olib borildi. Targ‘ibot tadbirlarida  Konstitutsiyaning yangi tahrirdagi loyihasida inson qadri, uning manfaatlari va umuman xalq uchun keng ko‘lamdagi o‘zgarishlar o‘z aksini topayotgani tushuntirildi hamda ularning 30 aprel kuni bo‘ladigan referendumda faol ishtirok etib ovoz berishi va kelajakka befarq bo‘lmasligi qayd etildi.