Toshkent pediatriya tibbiyot institutining rahbar xodimlari va professor-o‘qituvchilari tomonidan Yunusobod tumani mahallalarida Referendum bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi. 

Rahbar xodimlar va professor-o‘qituvchilari MFY raislari va faollari bilan uchrashuv suhbatlar o‘tkazishdi.

“YANGI O‘ZBEKISTONDA YANGI TAXRIRDAGI KONSTITUTSIYA” mavzusida 11 aprel kuni Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi boshligi, t.f.d., professor Sh.I. Ro‘ziyev, «Bo‘z suv» MFY raisi Saidov Amir Sultanmurotovich, Xotin-qizlar faoli, Yunusobod deputatlar Kengashi deputati bilan birgalikda, 30 aprelda bo’lib o’tadigan Referendum  oldidan fuqarolarga tushintirish targ‘ibot ishlari olib borildi. Tadbir «Bo‘z suv» maxalla guzarida bo‘lib o‘tdi. mahallasi aholisi va faollari bilan suhbatlashib targ‘ibot ishlarini olib borildi. Tadbirda 60 nafar maxalla axolisi vakillari qatnashdi.

Ularga har birimizning fuqaro sifatida kelajagimizni belgilash uchun Referendumga faol ishtirok etish  fuqarolik burchimiz ekanligini tushuntirildi.

2023 yil   30 aprelda bo’lib o’tadigan Referendum  oldidan Toshkent Pediatriya Tibbiyot institutidan Oilaviy shifokorlik-2, klinik farmakologiya kafedrasi t.f.n. Daminov Rustam Utkurovich, Azizova Rixsi Abdumavlyanovnalar 514-saylov uchastkasida, Umumiy xirurgiya, topografik anatomiya va operativ xirurgii asoslari kafedrasi dotsenti Agzamova Maxmuda Nabiyevna, Oilaviy shifokorlik-2, klinik farmakologiya kafedrasi dotsenti Mamatova Nodira Muxtarovna, Otorinolaringologiya, bolalar otorinolaringologiyasi, bolalar stomatologiyasi kafedrasi dotsenti Alimova Durdona Dilmuratovnalar  2023 yil 11 aprel kuni «Shayx Shibliy» maxallasi 70-maktabda joylashgan 513-saylov uchastkasida bo‘lib, saylov uchastkasi raisi, xamda ushbu maktab direktori Kodirova Barno Mirvaliyevna bilan birgalikda tayyorgarlik xolati bilan tanishildi.