“Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartirishlar. Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti garovi” mavzusida 11 aprel kuni “Posira” mahallasida joylashgan Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Ijtimoiy fanlar, pedagogika va psixologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan 30 aprelda bo’lib o’tadigan Referendum oldidan talaba va klinik ordinatorlarga tushuntirish targ‘ibot ishlari olib borildi. Talaba va klinik ordinatorlar bilan faol suhbat davomida kelajagimizni belgilash uchun har birimizning Referendumda faol ishtirok etishimiz fuqarolik burchimiz ekanligi tushuntirildi.