Janubiy Koreyaning Seul Milliy Universiteti qoshidagi stamotologiya klinikasi bir gurux mutaxassislari klinikamizga tashrif buyurdilar. Professor So Pyong Mu va professor Pak Chu Yonglar boshchiligidagi 17 nafar koreyalik mutaxissislar.

10-14 aprel kunlari, ToshPTI klinikasi plastik jarroxlik bo‘limi mutaxassislari bilan xamkorlikda, lab yorig‘i va lab-tanglay yorig‘i bilan tug‘ilgan bemor bolalarda bemor ko‘rigi va jarroxlik amaliyotini o‘tkazishadi. Ushbu aksiya joriy yilning 16-yanvaridagi tashrifning uzviy davomi bo‘lib, u vaqtda ushbu professorlar klinikamizga tashrif buyurib, mavjud shart-sharoitlar bilan tanishib, bemorlar ko‘rigini amalga oshirgan edilar. Tashrif davomida 20 ta jarroxlik amaliyoti va o‘nlab bemorlar ko‘rigini amalga oshirish rejalashtirilgan.