2023 yil 13 aprel kuni poytaxtimizdagi “Hilton” mehmonxonasida O‘zbekiston – Hindiston sog‘liqni saqlash xalqaro forumi o‘z ishini boshladi.
Forumda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti rektori, professor Botir Daminov boshchiligidagi institut delegatsiyasi ham ishtirok etdi.
Xalqaro tadbir doirasida Toshkent pediatriya tibbiyot instituti hamda Xindistonning 7 ta yetakchi tashkilotlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvlar imzolandi.
Jumladan, taʼlim, fan va klinik yynalishlarda hamkorlik qilish bo‘yicha Foundation of Healthcare & Wellness promotions va Shinon Healthcare kompaniyalari hamda Artemis Hospital va APPOLO hospitals klinikalari, xorijiy talabalarni institutda tahsil olish uchun jalb qilish bo‘yicha Magnum Educare , AMCOS va Mughal kompaniyalari bilan bilan hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvlarga erishildi.
Kelishuvlar doirasida institutning taʼlim dasturlarini rivojlantirish, talabalar akademik almashinuv va professor-ukituvchilarni malaka oshirish kurslari va stajirovkaga yuborish orkali kasbiy mahoratini oshirish kabi rejalar belgilab olindi.
Shuningdek, forum doirasida utkazilgan «Tibbiyotda taʼlim va ilm-fan transformatsiyasi» masalalariga bagishlangan seksion yigilishda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti rektori, professor Botir Daminov Toshkent pediatriya tibbiyot institutining tibbiy taʼlim, fan, innovatsiyalar va xalqaro hamkorlik holati hamda istiqbolli rejalari tugrisida maʼruza kildi.