2023-yil 21-aprel kuni Sanjar Asfendiyarov nomidagi Qozog‘iston Milliy tibbiyot universitetida xalqaro olimpiada bo‘lib o‘tdi, bunda ToshPTI talabalari Farmakologiya va Mikrobiologiya fanlardan ishtirok etishdi.
Olimpiadada Rossiya, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston oliy o‘quv yurtlaridan 19 ta jamoa ishtirok etdi. Toshkent pediatriya tibbiyot instituti nomidan Farmakologiya va patologik fiziologiya kafedrasi mudiri S. D. Aminov rahbarligida quyidagi tarkibdagi «Adrenalin» jamoasi qatnashishdi:
1. Subxonqulov Jamshid- 1-Pediatriya va xalq tabobati fakulteti, 323-1P guruh;
2. Raxmonov Akbar- 1-Pediatriya va xalq tabobati fakulteti, 323-1P guruh;
3. Sultanov Javohir- Xalqaro davolash ishi fakulteti, 301-MFL guruh;
4. Choriyev Abdurashid- 1-Pediatriya va xalq tabobati fakulteti, 318-1P
5. Soliyeva Sevinch- 2-Pediatriya va tibbiy biologiya fakulteti, 319-2P
Olimpiada topshiriqlari asosida to‘plagan ballari bilan institutimiz talabalari 19 ta jamoa o‘rtasida faxrli 2 o‘rinni egallashdi.
Mikrobiologiya fanidan Toshkent pediatriya tibbiyot instituti nomidan «Microlupus» jamoasi tarkibida quyidagi talabalar qatnashishdi:
1. Pirimov Nazimjon- Xalqaro davolash ishi fakulteti, 301-MFL guruh;
2. Davis Anastasiya- Xalqaro davolash ishi fakulteti, 301-MFL guruh;
3. Abasniya Aliakbar- Xalqaro davolash ishi fakulteti, 301-MFL guruh;
4. Shakirov Madamin- Xalqaro davolash ishi fakulteti, 301-MFL guruh;
5. Erkinov Muhammadsaid- Xalqaro davolash ishi fakulteti, 301-MFL guruh;
Mikrobiologiya fanidan berilgan topshiriqlarni bajarib, komanda 16 ta jamolar orasida faxrli 3 o‘rinni qo‘lga kiritishdi.
Institut rahbariyati va jamoasi Farmakologiya va Mikrobiologiya fanidan qatnashgan komanda a’zolarini va professor-o‘qituvchilarini ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklab, ularning kasbiy va ilmiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilab qoladi.