11 aprel kuni Yunusobod tumani 1 Respublika ixtisoslashtirilgan Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va 30-aprelda bo‘lib o‘tadigan referendum masalalari yuzasidan ToshPTI Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi D.A. Usta-Azizova, Davolash ishlari bo‘yicha boshqarma boshlig‘i M.M. Tadjiyev va texnikum direktori N.A. Nurmatova ishtirokida uchrashuv tadbiri tashkil etildi.     

Tadbirda texnikum o‘quvchilari va o‘qituvchilari uchun maʼruzalar tashkil qilindi hamda o‘zaro faol suhbat asosida tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib borildi.