10 aprel kuni 2023 y. Toshkent pediatriya tibbiyot institutining rahbar xodimlari va professor-o‘qituvchilari tomonidan Yunusobod tumani mahallalarida Referendum bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi. 

Rahbar xodimlar va professor-o‘qituvchilari Otchopar- 1, Bodomzor, Yangi tarnov maxallalarida raislari va faollari bilan uchrashuv suhbatlar o‘tkazishdi.

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Alimova Muxiba Muzaffarovna, Ichki kasalliklar, nefrologiya va gemodializ kafedrasi xodimi Sharapov Olimxon Nadirxanovich va I Pediatriya va xalq tabobati fakulteti patologik fiziologiya, gistologiya  kafedrasi katta o‘qituvchisi Muratov Obloqul Ummatovich, maxalla aholisi o‘rtasida “O‘zbekistonda yangi tahrirdagi Konstitutsiya Referendumida faol ishtirok etamiz” mavzusida targ‘ibot tushuntirish ishlari olib borishdi.