Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan 2023 yil mamlakatimizda «Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim» deb eʼlon qilindi. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 28 fevraldagi PF–27-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022–2026 yillarga moʼljallangan Yangi Oʼzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi 50-maqsadi “El-yurt umidi” jamgʼarmasi orqali erkin va ijodiy fikrlaydigan yoshlarni nufuzli xorijiy oliygohlarga oʼqishga yuborish koʼlamini 2 baravarga oshirish, bunda yoshlarning 50 foizini texnik, aniq fanlar va IT sohalariga yoʼnaltirish hamda xorijiy davlatlarning nufuzli universitetlarida taʼlim olishi uchun ochiq stipendiya tanlovlarini oʼtkazish taklifi ilgari surilmoqda.

   Bugungi kunda 500 nafardan ortiq “El-yurt umidi” stipendiatlari – АQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Frantsiya, Kanada, Yaponiya, Ispaniya, Janubiy Koreya va boshqa rivojlangan mamlakatlarning eng nufuzli taʼlim va tadqiqot, innovatsiya va amaliyot maskanlarida taʼlim olmoqdalar.

   Shu bois, “El-yurt umidi” jamgʼarmasi Oʼzbekiston Respublikasi uchun eng ustuvor sohalar, jumladan sogʼliqni saqlash, farmatsevtika, telemeditsina, virusologiya, mikrobiologiya, immunologiya sohalari muhim tarmoqlari uchun ochiq stipendiya tanlovlarini eʼlon qildi! ToshPTI da 2023 yil 15 aprel kuni magistlar va doktoranlar orasida El yurt umidi jamg’armasi tomonidan ochiq stipendiya tanloviga bag’ishlangan onlayn seminar bolib otdi. Seminarda nomzodlar uchun zarur bo’lgan ma’lumotlar batafsil  tushuntirib  berildi.