Toshkent pediatriya tibbiyot Institut kafedralarida Xayit bayrami munosabati nuroniy professor-o‘qituvchilar ishtirokida bayram tadbirlari tashkil etildi.

Institutning xo‘jalik bo‘limida ishlayotgan kam ta’minlangan va nogironligi mavjud xodimlarga professor-o‘qituvchilarning hayriya pullari topshirildi. 

   Institutning talabalar turar joyida yashovchi chin yetim, nogiron va  ijtimoiy himoyaga muhtoj 40 nafar talabalar TTJ to‘lovlaridan ozod qilindi hamda ularga hayit bayrami munosabati bilan dori-darmon, vitamin va antetseptik vositalar, shuningdek institut professor-o‘qituvchilarning mehr-muruvvat, sahovat  pullari topshirildi.

   Institutga biriktirilgan Yunusobod tumani mahallalarida institut jamoasi 5 ta mahallada ijtimoiy himoyaga muhtoj va nogiron farzandlari bor oilalarga tashrif buyurdi va bayram xayriyalari o‘tkazildi.