Toshkent pediatriya tibbiyot institutining rahbar xodimlari va professor-o‘qituvchilari tomonidan Yunusobod tumani mahallalarida Referendum bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi. Rahbar xodimlar va professor-o‘qituvchilari MFY raislari va faollari bilan uchrashuv suhbatlar o‘tkazishdi.

7 aprel kuni Yunusobod tumanidagi 122- maktab zalida “Yangi konstitutsiyaviy islohotlarning mazmun mohiyati”ga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbir o‘tkazildi. Unda “Qadrdon” mahalla faollari, 122- maktab xodimlari, Milliy tiklanish partiyasi Toshkent shahar kengashi rahbari muovini Alimov Ilxom, Yunusobod tuman  kengashi deputati Seitnazarov Azat Qurbanbayevich,  tuman adliya boshqarmasi xodimlari Mannonov. B., Savriddinov S, Umarov O. lar, TOSHPTI malaka oshirish fakulteti dekani Raxmatullayev A,A., yoshlar bilan ishlash bo‘limi xodimi Alimova M.M., Qadrdon maxalla raisi Raximov K.Sh. lar ishtirok etishdi. Ishtirokchilar soni 55 ta. Tadbirda tuman adliya bo‘limi xodimi Mannonov B. tomonidan Yangi Konstitutsiya mamlakatimiz rivojlanishidan kelib chiqib, hayotiy zarurat ekanligi, unda ilm-fan, taʼlim sohasi hamda  inson huquq va erkinliklari  ustuvorligiga qaratilayotgan  masalalar haqida  maʼruza tinglandi. Maʼruzada yangilanayotgan konstitutsiyada kiritilayotgan o‘zgartirishlar va yangiliklar to‘g‘risida batafsil maʼlumot berildi.

Undan tashqari maxalla faollari, faxriylar, o‘qituvchilar so‘zga chiqib bo‘lajak referendumda o‘zlari va oila aʼzolari bilan ishtirok etishlarini va bunga barchani chorlab qolishlarini aytib o‘tishdi. Tadbirda Yangi Konstitutsiya mamlakatimiz rivojlanishidan kelib chiqib, hayotiy zarurat ekanligi,unda ilm-fan, taʼlim sohasi hamda  inson huquq va erkinliklari  ustuvorligiga qaratilayotgan  masalalar haqida  atroflicha maʼlumot berildi.