ToshPTI rektori va Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi xodimlari, markaz direktori B.T. Daminov boshchiligida Xitoy Xalq Respublikasi Shandun provinsiyasi, Veyxay shaxriga 2023 yil 4-8 may kunlari tashrif buyurishdi. U yerda «Weigao Medical International» kompaniyasi ish faoliyati bilan tanishildi, kelajakda Respublikamizda nefrologiya va gemodializ xizmatini takomillashtirishga imkoniyat yaratuvchi masalalar bo‘yicha mazkur kompaniya raxbarlari bilan muzokaralar o‘tkazildi.