Sanjar Asfendiyarov nomidagi Qozog‘iston Milliy tibbiyot universiteti QS World University Ranking TOP-650 jahon universitetlari qatoriga kiritilgan.

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti va S. Asfendiyarov nomidagi QozMTU o‘rtasidagi ikki tomonlama shartnomani amalga oshirish va akademik mobillik dasturi doirasida 2023-yil aprel oyida Otorinolaringologiya, bolalar otorinolaringologiyasi, bolalar stomatologiyasi kafedrasi dotsentlari Djabbarova Dodar Rahimovna, Rasulova Nigora Abdumalikovna va Alimova Durdona Dilmuratovnalar tomonidan pediatriya fakulteti 4-kurs talabalari va 3-kurs rezidentlariga Otorinolaringologiya mutaxassisligi bo’yicha ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar olib borish uchun xalqaro stajirovka tashkil etildi,

Ushbu amaliyotdan ko‘zlangan maqsad o‘qituvchilar va magistrlar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish bo‘lib, bu muvaffaqiyatli ilmiy va o‘quv jarayoniga xizmat qiladi.

Shuningdek, Otorinolaringologiya, bolalar otorinolaringologiyasi, bolalar stomatologiyasi kafedrasi xodimlari 27-28 aprel kunlari Qozog‘iston Respublikasining Olmaota shahrida bo‘lib o‘tgan “Amaliy otorinolaringologiyaning dolzarb masalalari” xalqaro fanlararo kongressida ishtirok etdilar.