Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 8-oktyabrdagi PF-5847-son Farmonining 5-bandi ikkinchi xatboshisiga muvofiq, xorijiy mamlakatga xizmat safari oldidan asosiy maʼlumotlar, jumladan mamlakat nomi, tashrif maqsadi va rejasi, safar natijalari yuzasidan esa oliy taʼlim muassasasi kengashiga amalga oshirilgan ishlar va xarajatlar toʻgʻrisida taqdim etilgan hisobot oliy taʼlim muassasasi veb-saytiga joylashtirilishi belgilangan.

Shu munosabat bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining topshirigʻiga koʻra «Xalq tabobati» yoʻnalishi boʻyicha mutaxassislar tayyorlashning tashkiliy-uslubiy jihatlari hamda davlat-xususiy sherikchiligi asosida gemodializ xizmati samaradorligini oshirish, sarflov materiallarni ishlab chiqarish, ularning taʼminoti masalalarini yaqindan oʻrganish va birlamchi kelishuv muzokaralarni olib borish maqsadida Toshkent pediatriya tibbiyot instituti rektori, professor Daminov B.T. joriy yilning 3-8-may kunlari Xitoy Xalq Respublikasida xizmat safarida boʻlishi maʼlum qilinadi.

Xizmat safar doirasida Xitoy Xalq Respublikasining korxona va tashkilotlari bilan «Xalq tabobati» yoʻnalishi boʻyicha mutaxassislar tayyorlashning tashkiliy-uslubiy jihatlari hamda davlat-xususiy sherikchiligi asosida gemodializ xizmati samaradorligini oshirish, sarflov materiallarni ishlab chiqarish, ularning taʼminoti masalalarini yaqindan oʻrganish va birlamchi kelishuv muzokaralarni olib borish rejalashtirilgan.

Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Matbuot xizmati