2023-yil 15-may kuni Toshkent pediatriya tibbiyot institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi (ARGOS)ning Toshkent shahar filiali bilan hamkorlikda bitiruvchi kurs talabalari uchun “Xalqchil davlat xizmatiga ochiq yo‘l” mavzusida seminar uchrashuvi tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvda filial rahbari J.Inagamov, mas’ul xodimlar O‘.Abdukarimov va K.Alimdjanovalar bitiruvchi kurs talabalariga davlat tashkilotlariga ishga kirishda ochiq tanlov o‘tkazish tizimi, onlayn malaka oshirish tizimidan foydalanish va davlat xizmati sohasidagi xorijiy tajribalar to‘g‘risida ma’lumot berdilar.

Talabalar o‘zlarinining qiziqtirgan savollariga javob oldilar.