Toshkent pediatriya tibbiyot institutida «Amaliy pediatriyaning dolzarb masalalari» mavzusida O’zbekiston pediatrlarining 1-chi Kongressi bo’lib o’tdi.
Kongress Toshkent pediatriya tibbiyot instituti tomonidan Bolalar milliy tibbiyot markazi, O’zbekiston pediatrlar va anesteziologlar-reanimatologlar assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Kongress ishida Markaziy Osiyo, yaqin va uzoq xorij mamlakatlaridan sog’liqni saqlash sohasi vakillari, olimlar, professorlar va yosh olimlar ishtirok etdilar.
Tadbirning maqsadi pediatriya sohasiga yuqori texnologiyalarni jalb qilish bo’yicha fikr almashish, shuningdek tadqiqotchilar va tadbirkorlarning g’oyalarini amalga oshirish, muammolarni birgalikda hal qilishdan iborat.
Kongress davomida ming nafardan ortiq pediatr, bolalar anesteziolog va reanimatologi, neonatolog, kardiolog, jarroh, urolog, nefrolog va radiasiya diagnostikasi mutaxassislarining ilg’or tajribalari bilan o’zaro tanishib borish uchun to’laqonli muloqot platformasini yaratish asosiy masala bo’ldi.
Shuningdek, anjumanda ta’lim, fan va amaliyot integrasiyasi bo’yicha olimlar hamda amaliyotchilar o’rtasida uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirishga kelishib olindi.