2023 yil 26 may kuni Toshkent Pediatriya tibbiyot institutida “XXI ASRDA XORIJIY TILNI O‘QITISHNING ZAMONAVIY TENDENSIYALARI” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir TOSHPTI Xorijiy tillar kafedrasi tomonidan tashkil etilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19 maydagi “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5117-son Qarorida belgilangan maqsad va vazifalar ijrosini taʼminlash masalasi anjumanning asosi sifatida namoyon bo‘ldi.

Konferensiya masofaviy texnologiyalardan foydalangan holda onlayn va oflayn formatda o‘tkazildi. Konferensiya AQSH, Yevropa, Osiyo mintaqalari davlatlaridan mutaxassis olimlar va ekspertlar, mahalliy tibbiyot oliy va o‘rta maxsus taʼlim muassasalari mutaxassislari, o‘qituvchi va talabalar faol ishtirok etishdir. Konferensiya xorijiy tillarni o‘qitish va o‘zlashtirishdami zamonaviy talablarga muvofiq samarali faoliyat tamoyillarini belgilash, turli soha mutaxassislari uchun til ko‘nikmalari va salohiyatlarini oshirish mexanizmlarini aniqlash, XXI  asrda taʼlim sohasida innovatsion texnologiyalarni keng qo‘llanilishi afzalliklarining har tomonlama rivojlantirish kabi masalalarni to‘g‘ri anglashdan iborat bo‘ldi.

Xalqaro anjumanning asosiy qismida xorijlik ekspert olimlar tomonidan ishtirokchilar bilan innovatsion fikr almashinuv asosida qiziqarli maʼruzalar tashkil etildi. Jumladan, Italiyaning Boloniya Universiteti professori Roberto Boltri, AQSHning Vashington Universiteti professori Mark Riz, Qozog‘istonlik A.Sh. Baltinova va S. A. Tudekeyevalar, yetuk o‘zbek mutaxassislari, TOSHPTI Xorijiy tillar kafedrasi pedagog-xodimlarining mazmunli chiqishlari zamonaviy yoshlarning xalqaro maydondagi salohiyatini shakllantirish, taʼlim tizimida xorijiy tillarni o‘qitishga kompleks yondashuv kabi masalalarga eʼtibor qaratildi. Ayniqsa, Buyuk Britaniyalik mutaxassis Richard Gudollning “Taʼlim uchun tanqidiy fikrlash qanchalik muhim?” nomli interaktiv maʼruzasi konferensiya ishtirokchilari qalbidan chuqur o‘rin egalladi. Maʼruza jonli tarzda, talaba va o‘qituvchilarni faol jalb etgan xolda olib borilib, unda Londonlik mutaxassis TOSHPTI  talabalari bilan tashkil etgan savol-javob va bahs-munozaralarda yoshlarning intiluvchanligi, ingliz tilidagi bilimlarga chanqoqligi namoyon bo‘ldi. 

Anjuman so‘ngida Xorijiy tillar kafedrasi mudiri D.Buranova boshchiligida natijalar tahlil qilinib, konferensiya rezolyutsiyasi qabul qilindi. Xalqaro anjumanda ishtirokchilarning samarali fikr almashinuv orqali yangi maʼlumotlarga ega bo‘lish, tibbiy oliy va professional taʼlimda xorijiy tillarni mukammal o‘zlashtirish istiqbollarini belgilardagi dolzarb masalalarga yechim topish, natijaviylikka erishishda yangi innovatsion rejalar tuzish faoliyatini belgilash o‘z ifodasini topdi. Konferensiyada faol qatnashgan ishtirokchilar va institut talabalari uchun “Eng qiziqarli savol”, “Eng faol ishtirokchi”  va “Eng savodxon talaba”  nominatsiyalari bo‘yicha DIPLOMlar va esdalik sovg‘alar topshirildi.